Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjudligi aytildi. Masalan, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim.  Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

O‘zA