“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini “Brentford” klubida davom ettiradi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar “Brentford”da ijara asosida o‘ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. O‘rinboyev “Paxtakor”da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi.

“Paxtakor” klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarishda davom etayotgan “Paxtakor” akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo‘l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o‘zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA