Armaniston bugun – 1 fevraldan Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga rasman a’zo bo‘ldi.
Avvalroq Moskva Rossiya rahbariyatiga nisbatan noqonuniy “order” berilishi asnosida Yerevanning XJS Rim statutini ratifikatsiya qilishini maqbul bo‘lmagan harakat, deya baholagan edi.
2023 yil noyabrda XJS Armaniston 2024 yil 1 fevralda Rim statutiga qo‘shilib, tashkilotning 124-a’zosiga, Sharqiy Yevropaning tuzilmadagi 19-davlatiga aylanadi, deb bayonot bergandi.
Armaniston parlamenti Rim statutini o‘tgan yil 3 oktyabrda ratifikatsiya qilgan.