Rossiya – Ukraina

Prezident Vladimir ZelenskiyUkraina Qurolli kuchlariboshlig‘i Valeriy Zalujniyniishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqdavabuholat Rossiyaning, qariyb, ikki yil avval boshlagan keng ko‘lamliamaliyotidan keyin mamlakatharbiy qo‘mondonligidagi engkatta voqelik bo‘ladi, debxabar bermoqda “CNBC” yangiliklarsayti.

Dushanba kuniZalujniy Zelenskiyning yangilavozimga taklifini radetdi, deb yozdi “Financial Times” munozara bilan tanish, ism-sharifi oshkoretilishini istamagan to‘rtkishiga tayanib. Ta’kidlanishicha, davlat rahbariZalujniyni bir munchavaqt hokimiyatdan chetlatmasligihammumkin.

Shu kunlari ijtimoiy tarmoqda Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi taranglik haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda. Qo‘mondon o‘tgan yil noyabrda “The Economist” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya bilan urushni “muhtasham” deya ta’riflagandan keyin kelishmovchilik yuzaga kelgani aytilgan.

Dushanba kuni Mudofaa vazirligi armiya yetakchisining lavozimi haqidagi taxminlarni rad etdi.

Nizodagi nomutanosiblik

Chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha mas’ul vakili Jozep Borrel Ukraina Rossiya bilan nomutanosiblikni bartaraf etish uchun ko‘proq o‘q-doriga ega bo‘lishi kerakligini aytdi.

“Ukrainaga ko‘proq o‘q-dori kerak, sababi o‘zaro sezilarli nomutanosiblik mavjud va bu bo‘shliqni to‘ldirish kerak”, dedi u Bryusselda YeI mudofaa vazirlari norasmiy uchrashuvi oldidan bergan intervyusida.

Yig‘ilishda YeI a’zolari tomonidan Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berish masalasi ko‘tarilishi, Ukraina mudofaa vaziri mazkur yig‘inda videokonferensiya orqali ishtirok etishi kutilyapti.

YeI Ukrainaga 2024 yil martgacha 1 million artilleriya o‘qi yetkazib berishga va’da bergan. O‘tgan yil noyabr oyi oxirida Ukraina va’da qilingan o‘q-doridan 300 ming dona olganini aytgan.

Ukraina o‘z hududida Rossiyaning 14 dronini urib tushirdi

Tunov kuni Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida bir kishi jarohatlangan, tijorat binolari zarar ko‘rgan. Shuningdek, Ukrainaning havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Rossiyaning 20 ta dronidan 14 tasini urib tushirdi.

Ukraina Harbiy havo kuchlari bayonotida aytilishicha, Eronda ishlab chiqarilgan “Shahed” dronlari hamda uchta “Iskander” raketasi mamlakat janubi va sharqidagi beshta viloyatini nishonga olgan edi.

Janub harbiy qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, qishloq xo‘jaligi omborlari va bir do‘konga ziyon yetgan. Boshqa hududlardagi zarar haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA