Xalqaro shaxmat federatsiyasi murabbiylar komissiyasi 2022 yildan buyon chop etilgan shaxmatga oid eng yaxshi kitob mualliflari hamda o‘tgan yilning eng yaxshi shaxmat mutaxassislari nomini e’lon qildi.
XV FIDE mukofoti g‘oliblarini aniqlash komissiyasining a’zolari safida hamyurtimiz, klassik shaxmat bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham faoliyat yuritdi.
Komissiya a’zolari xulosasiga ko‘ra, 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga ayollar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori Savita Shri, bir qator turnirlar g‘olibi va sovrindori Rameshbabu Praggnanandhaa, Aravind Chitambaram, Rameshbabu Vayshali kabi shaxmatchilarga ustozlik qilgan hindistonlik Ramesh sazovor bo‘ldi. Ushbu mutaxassis sardorligidagi Hindiston jamoasi 2022 yilgi shaxmat Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Tanlovda Sergey Tivyakov va Yuliya Gokbulutning shaxmat to‘g‘risidagi kitobi maxsus sovringa sazovor ko‘rildi. Bundan tashqari, yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha munosiblar e’tirof etildi.
FIDE xabariga ko‘ra, mukofotlar yaqin kunlarda tashkil etiladigan nufuzli musobaqalarning birida o‘z egalariga tantanali topshiriladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA