AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga da’vogarlik qiladi. Uni ushbu mukofotga Nyu-Yorkdan Kongress Vakillar palatasiga a’zo, respublikachi Klaudiya Tenni nomzod qilib ko‘rsatdi
“Kazinform” yozishicha, Trampga mukofotni “Ibrohim kelishuvi” – Isroilning BAA va Bahrayn bilan munosabatini me’yoriga keltirish bo‘yicha hujjat imzolanishida ko‘rsatgan yordami uchun berish taklif qilinmoqda.
Tramp avval uch bor ushbu mukofotga nomzod bo‘lgan, jumladan “Ibrohim kelishuvi”ga erishishga qo‘shgan hissasi uchun ham.
Nobel tinchlik mukofoti egasi oktyabr oyida e’lon qilinadi.