Tunis Prezidenti Kais Said qariyb 100 kundan buyon Falastin xalqiga qarshi olib borilayotgan qirg‘inbarot urushni qattiq qoraladi.
U “Italiya – Afrika” sammiti doirasida Rimda bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda so‘zga chiqib, “Toki, butun Falastin hududi ozod qilinmay, poytaxti Quddus bo‘lgan suveren davlat tashkil etilmas ekan, dunyoda tinchlik o‘rnatilmaydi” – dedi.
“Tunis Afrique Presse” agentligi yozishicha, Rim sammitida Afrikaning 40 dan ziyod mamlakati vakillari, YeI hamda boshqa xalqaro tashkilotlar rahbariyati ishtirok etmoqda.