![](https://cdn.uza.uz/2024/01/28/02/44/2pOYqpoh5rJZNLc2RIsFu2vUD5awikfD_front.jpg)
Poytaxtimizda ilk marotaba aralash jang san’atlarining havaskor yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligi oldidan 30 yanvar kuni soat 10:00 da poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida xalqaro sport tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA