Turkiya janubi-sharqidagi Malatiya viloyatida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi, deya xabar berdi Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 16.04 da Battolg‘ozi hududida qayd etilgan zilzila o‘chog‘i 13,93 kilometr chuqurlikda ekani ma’lum bo‘ldi.
Gubernator Ersin Yazijining aytishicha, qurbonlar, jarohatlanganlar yo‘q. Vayronagarchilik haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.