Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan, bugun Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi.

Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida bo‘lib o‘tadigan Turkiya-Eron oliy darajali hamkorlik kengashining sakkizinchi yig‘ilishda zaro munosabatning barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi, hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tashlanajak qadamlar muhokama qilinadi.

Muloqot chog‘ida Raisiy va Erdog‘an dolzarb mintaqaviy va global muammolar, xususan Isroilning G‘azo va Falastin hududiga uyushtirgan hujumi hamda ikki tomonlama munosabat xususida fikr almashadi.

Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi xabar berishicha, kengash yig‘ilishi munosabati bilan shartnoma asosini mustahkamlashga qaratilgan turli kelishuvlar imzolanishi kutilyapti.

B.Xudoyberdiyev,

O‘zA