Kecha tunda AQSH va Buyuk Britaniya Yaman poytaxti Sana va mamlakat g‘arbidagi Xodeyda shahri aeroportlari yaqinidagi nishonlarga 12 marta aviazarba berdi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti mahalliy hokimiyat manbalariga tayanib.

Qo‘shma Shtatlar hamkorlari bilan kelishilgan holda Yamandagi xusiylar nishonlariga zarbalar berganini tasdiqlagan. Keyinroq berilgan tafsilotlarga ko‘ra, AQSH harbiy havo kuchlari har xil turdagi 100 dan ortiq aniq boshqariladigan raketalar yordamida 60 dan ortiq nishonlarga  zarba bergan. Natijada xusiylarning havo hujumidan mudofaa tizimining qo‘mondonlik punktlari va boshqaruv markazlari, o‘q-dori omborlari, ishlab chiqarish ob’ektlari va radarlari hujumga uchragan.

AQSH prezidenti Jo Bayden xusiy  nishonlariga berilgan zarbalarni xalqaro navigatsiya erkinligi va harbiy xizmatchilar xavfsizligiga tahdidga javob deb atadi. O‘z navbatida, xusiylar Amerika va Britaniya harbiy bazalari va inshootlariga javob hujumlarini uyushtirishini ma’lum qildi.

Bayden подтвердил нанесение SША и Британией udaров по позициям хuситов в  Йемене: Новости

“Bugun mening ko‘rsatmamga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Buyuk Britaniya bilan birgalikda Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Gollandiya ko‘magida Yamandagi xusiy isyonchilari Qizil dengizda kemalar qatnovi erkinligiga tahdid solayotgani sababli ularning bir qancha nishonlariga muvaffaqiyatli zarba berishdi”, degan Bayden Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotda. Davlat rahbarining aytishicha, xusiylar 50 dan ortiq davlatning tijorat kemalariga o‘ttizga yaqin hujum uyushtirgan. Bu  Amerika harbiy kemalariga shu kungacha uyushtirilgan eng yirik hujum ekani aytilmoqda.

“Xalqaro hamjamiyatning bunday hujumlarga javobi yakdil va qat’iy bo‘ldi”, – dedi u.  Shuningdek, Oq uy rahbari o‘z bayonotida “odamlarimizni va agar kerak bo‘lsa, xalqaro savdoning erkin oqimini himoya qilish uchun hech ikkilanmay qo‘shimcha choralar ko‘raman, degan. Uning ta’kidlashicha, AQSH va ittifoqchilar Yamandagi havo hujumlari va dengizda navigatsiya erkinligiga qarshi harakatlar javobsiz qolmasligini namoyish qilishi kerak.

Rishi Sunak - Те, кто поддержиvaет ХАМАS, несuт ответственность за uжасное  нападение на Израиль - 1TV

Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ham Britaniya harbiylari Yamandagi xusiylar pozitsiyalariga zarba berganini tasdiqladi. “Qirollik havo kuchlari Yamandagi xusiylarning harbiy obektlariga aniq zarbalar berdi”, — deya bosh vazirdan iqtibos keltirgan Sky News telekanali.

Bosh vazirning aytishicha, xusiylar Qizil dengizdagi tijorat kemalarga bir qator xavfli va beqarorlashtiruvchi hujumlarni amalga oshirib, Britaniyaning  va bashqa mamlakatlar kemalarga tahdid solgan. “Shuning uchun biz Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda Gollandiya, Kanada va Bahrayn ko‘magida xusiylarning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va global tashuvlarni hamda o‘zimizni himoya qilish uchun cheklangan, zarur va mutanosib choralar ko‘rdik”, degan Britaniya bosh vaziri.

Pentagon rahbari AQSHning Yamandagi zarbalaridan ko‘zlagan maqsadiga izoh berdi. Ayni damda kasalxonada davolanayotgan Pentagon rahbari Lloyd Ostinning aytishicha, AQSH va hamkorlarining Yamandagi nishonlari dronlar, raketalar hamda xusiylarning texnik razvedka imkoniyatlari bo‘lgan. Pentagon rahbari, shuningdek, xusiy nishonlariga berilgan zarbalar ushbu harakatning yuk tashish va xalqaro savdoga tahdid solish qobiliyatini kamaytirishga qaratilganini aytgan.

Глаva Pentagonа рuководил операцией в Йемене из больницы – CNN | Украинская  правda

O‘z navbatida, Eron AQSH va Buyuk Britaniyaning zarbalarini Yaman suverenitetini buzish, deb baholadi.  Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy  vakili Nosir Qonuniy AQSH va Britaniyaning juma kuni kechqurun Yamanning bir qator shaharlariga uyushtirgan hujumlarini qoralab, bu harakatlarni “o‘zboshimchalik” hamda mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek xalqaro qonunlarni ochiqdan-ochiq buzish, deb atadi.

Qonuniyning so‘zlariga ko‘ra, bu zarbalar AQSH va Buyuk Britaniyaning Isroilni Falastin xalqiga qarshi urush jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi. Shuningdek, u zarbalar “mintaqadagi ishonchsizlik va beqarorlikning kuchayishidan boshqa narsa emasligini” ta’kidlagan.

Eron иқдоми террористӣ daр масҷиди Коbuлро маҳкuм кард - Parstoday

RIA Novostining yozishicha, juma kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da AQSHning Yamanga bergan zarbalari bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi shoshilinch yig‘ilishi boshlanadi, deb xabar bergan Rossiyaning ushbu tashkilotdagi  doimiy vakolatxonasi. Xabarda uchrashuv ochiq formatda o‘tkazilishi aytilmoqda.

S.Rahimov, 

O‘zA