2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektoridagi bolalarning 1 foizi Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Save the Children” xalqaro tashkiloti bayonotida aytiladi.
Huquq himoyachilari Isroilning blokirovka qilingan eksklavdagi hujumlari paytida 10 mingdan ortiq bola halok bo‘lganini qayd etmoqda. Hozirgi kunda G‘azoda umuman 1,1 million voyaga yetmagan bolalar istiqomat qiladi.
“G‘azo sektoridagi zo‘ravonliklardan omon qolgan bolalar ta’riflab bo‘lmas dahshatlarga duch kelishadi. Jumladan, hayotini o‘zgartiruvchi jarohatlar, kuyishlar, kasalliklar, tibbiy yordamning yetishmasligi, ota-onalari va boshqa yaqinlaridan judo bo‘lishlik… Xavfsiz joy yo‘qligi sababli ular bir necha bor zo‘ravonlikdan qochib turli qiyinchiliklarga duch kelishga majbur”, — deyiladi hisobotda.
Shuningdek, hisobotda qayd etilishcha, G‘azodagi vaziyat dahshatli va butun insoniyat uchun falokat. Bolalarni qutqarish zarur. G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmagani uchun falastinlik bolalar juda katta “to‘lov” to‘lamoqda, qurbon bo‘lmoqda. Yakuniy sulhga erishilmagani uchun har kuni o‘rtacha 100 nafar bola halok bo‘lmoqda. Bolalarni o‘ldirish uchun hech qanday asos yo‘q.
G.Sattorova, O‘zA