Bloomberg agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik Fransuaza Betankur-Mayers sayyoramizning eng boy ayoli bo‘ldi. Uning boyligi 100 milliard dollardan ko‘p.
Bloomberg agentligining milliarderlar ro‘yhatida Fransuaza Betankur-Mayers 13-chi, Forbes reytingida esa, 15-o‘rinni egallaydi.
Ayni paytda Fransuaza Betankur-Mayers L’Oreal kompaniyasi direktorlar kengashi vitse-prezidenti lavozimini egallab turipti. Kengash tarkibiga 16 nafar kishi, jumladan uning 2 o‘g‘li ham kiradi. Kompaniyada jami 85 mingga yaqin xodim mehnat qiladi. Yillik aylanmasi 38 milliard dollarga yetgan kompaniya hozirda kosmetika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya bo‘lib, u Lancome, Kiehl’s, Maybelline va Garnier kabi mashhur brendlarga ega.
Fransuaza Betankur-Mayers badavlat oilada tug‘ilgan. Uning otasi Endryu Betankur dunyoga mashhur L’Oreal kompaniyasiga asos solgan, onasi esa Lillian Betankur-Mayers Nestle farmatsevtika kompaniyasining merosxo‘ri bo‘lgan. Betankur-Mayers mashhur universitetlar, jumladan Oksford va Sorbona universitetlarining diplomiga ega. Milliarder ayol o‘z faoliyatini 1987 yilda otasining kompaniyasidan boshlagan. U yerda u turli lavozimlarda mehnat qilgan.
G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA