Yaponiya g‘arbidagi Isikava prefekturasidagi atom elektr stansiyalaridan birida kuchli zilzila sodir bo‘lganidan keyin suv sathi me’yordan oshdi.

Mamlakatning “NHK” media tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, zilziladan so‘ng “Hokuriku Electric Company” atom elektr stansiyalaridagi suv darajasini muntazam ravishda tekshira boshlagan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, stansiyadagi suv sathi me’yordan 3 metrga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, reaktorlarni tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformator quvurlari shikastlangan. Buzilish yog‘ oqishiga olib keldi. Zararni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

O‘zA