Professional tennischilar assotsiatsiyasi e’lon qilgan 2024 yilgi ilk haftalik reytingning kuchli o‘ntaligida o‘zgarish kuzatilmadi.

Tennischilar 2023 yil so‘ngidagi o‘z o‘rinlarini saqlab qoldi. Serbiyalik Novak Jokovich hamon katta farq bilan, ya’ni 11245 ochkoga ega bo‘lgan holda dunyo tennischilari reytingini boshqarib bormoqda.

Ispaniyalik Karlos Alkaras 8855 ochko hisobiga ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 7600 ochkoga ega rossiyalik Daniil Medvedev kuchli uchlikka yakun yasagan.

Mazkur reytingda mamlakatimizning birinchi raqamli raketkachisi Humoyun Sultonov 367-o‘rinni egallab turibdi. Qolgan barcha tennischilarimiz – Sergey Fomin, Denis Istomin, Maksim Shin, Sanjar Fayziyev va Amir Milushev 2023 yil yakunidagi musobaqalarda ishtiroki tufayli pastlashga majbur bo‘ldi.

O‘zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o‘rni:

–367 (367). Humoyun Sultonov

–666. (674). Sergey Fomin

–1488T (1490T). Denis Istomin

–1647T (1649T). Maksim Shin

–1754T (1538T). Sanjar Fayziyev

–1972T (1968T). Amir Milushev

T.Ro‘ziyev, O‘zA