Bu haqda Respublika TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov «Kazinform» agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qozog‘iston doimiy ravishda mamlakatda taqiqlangan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatini taftish qilib boradi. Ushbu jarayon doirasida BMT tajribasidan kelib chiqilgan holda “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan olib tashlashga qaror qilindi. BMT Xavfsizlik kengashining barcha amal qilishi zarur bo‘lgan rezolyutsiyasida “Tolibon” harakati terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kirmagan”, – deya izoh berdi Smadiyarov.
Joriy yil 3-5 avgust kunlari Ostonada Afg‘oniston bilan birga qo‘shma ishbilarmonlar anjumani o‘tkazilgan edi. Unda Afg‘oniston iqtisodiyotining turli sohalaridan 150 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etgan. Tadbir yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston va Afg‘oniston ishbilarmon doiralari vakillari 190,8 million dollarlik shartnomalar imzolagan.