Pokistonning vaqtinchalik bosh vaziri Anvar-ul-Hak Kakar Falastinga birdamlik belgisi sifatida mamlakatda Yangi yilni bayram qilishni taqiqladi, deb xabar tarqatdi “Geo” telekanali.
“Pokiston xalqi qayg‘uli holatda, shu bois, vaziyatni hisobga olib Pokiston hukumati Yangi yilga aloqador bo‘lgan har qanday bayramni taqiqlashga qaror qildi. Men barcha pokistonliklarga murojaat qilaman: mazlum falastinliklarga birdamlik ko‘rsating va Yangi yil kelganda oddiylikka rioya qiling”, — dedi u telemurojaatida.
Falastinga birdamlik sifatida BAAning Sharja shahrida ham Yangi yil bayrami nishonlanmaydigan bo‘ldi.