RIA Novosti axborot agentligi jurnalist Yekaterina Dunsova tomonidan Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar taqdim etgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik, Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarda xato borligini aytib, Dunsovani ro‘yxatga olishni rad etdi.
Agar ariza ma’qullansa, u 2024 yil 25 yanvargacha Rossiya viloyatlari aholisidan o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun kamida uch yuz ming imzo to‘plashi kerak edi. Dunsova ro‘yxatdan o‘tishiga ishongan va “ro‘yxatga olishni rad etish uchun hech qanday asos yo‘q” – degan edi.
RIA Novosti shuningdek, siyosatshunoslar va media ekspertlar fikrlariga tayangan holda go‘yoki Dunsova Xodorkovskiy bilan bog‘liq loyihalarga aloqador bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tadi. Bilamizki, Xodorkovskiy “qochqindagi oligarx” yoki “YUKOSning sobiq rahbari” sifatida o‘zining hukumatga qarshi fikrlari bilan tanilgan.
“Vzglyad” gazetasi ham bu masalaga oydinlik kiritishga urinib siyosiy tok-shoularning doimiy eksperti sanalgan Nikita Danyukdan iqtibos keltirdi. U Dunsovani Xodorkovskiyning “loyihasi” va uning nomzodini “chet eldagi kuchlarning Rossiyaning ichki siyosatiga aralashishga urinishi” deb atadi. Ammo Xodorkovskiyga aloqador hisoblangan kishilar esa buni rad etmoqda. Dunsovaning o‘zi esa bu masalaga oydinlik kiritmagan. MSK esa Dunsovaning ro‘yxatga olinmaganligi sababini uning hujjatlarida xatolik borligi bilan izohlagan xolos. Ammo Dunsova ham shunchaki taslim bo‘lish niyatida emas, u Markaziy saylov komissiyasini sudga berdi. “Mamlakatimizda qonun ustivorligi qay darajada ekanligini ko‘ramiz, agarda ustuvor bo‘lsa biz yutamiz” – degan u.