3 yanvar kuni Yer Quyoshga eng yaqin nuqtada bo‘ladi. Shu tufayli yulduzning ko‘rinadigan diametri iyul oyidagiga qaraganda 3 foizga katta bo‘ladi, deb xabar beradi Moskva Planetariysi.

Rossiya OAVlari xabariga ko‘ra, bu kuni yulduz va sayyora orasidagi masofa 147 098 988 kilometrni tashkil qiladi. Astronomlar Yerning Moskva vaqti bilan 03:38 da perigeliyga yetib borishiga aniqlik kiritishdi.

Ma’lumki, Yer Quyosh atrofida elliptik orbita bo‘ylab harakatlanadi. Sayyora yanvarda perigeliyga, iyul oyining boshida afelionga (orbitaning eng uzoq nuqtasi) yetib boradi. Bu davrda u Quyoshdan 152 million kilometrdan ortiq masofaga uzoqlashadi.

 O‘zA