Bugun Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlaydi.

140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog‘i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o‘ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi. O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo‘lib so‘z berilgan.

Prezidentimiz o‘z nutqida juda muhim va dolzarb masalalarga to‘xtatilishi kutilmoqda!

 

O‘zA