Yaqinda saylangan Argentina Prezidenti Xaver Miley Vashingtonda amerikalik davlat mulozimlari bilan uchrashib, mamlakatning tashqi siyosati G‘arbdan mo‘ljal olishini ma’lum qildi, deb yozdi ushbu davlat rahbari matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashuvda Amerika yangi hukumat bilan barcha yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

19 noyabr kuni Argentinada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Erkin harakatlanish” o‘ngchilar koalitsiyasi nomzodi, libertarianchi deputat Miley raqibi, iqtisodiyot vaziri Serxio Mass ustidan g‘alaba qozondi.

Xaver o‘z chiqishlarida bir necha bor Braziliya, Xitoy va Rossiya bilan davlatlararo munosabatni rivojlantirish niyati yo‘qligini ta’kidlagan. U Isroil va AQSH Argentinaning ustuvor ittifoqchilari ekanini takrorlagan.