O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish maqsadida:

1. Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishнинг quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin:

aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish va “oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes – o‘rta biznes” zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

davlat dasturlari doirasida kichik va o‘rta biznes loyihalarini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qo‘llab-quvvatlash;

tadbirkorlikka o‘qitish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJda, shuningdek, vakolatli organlar va tijorat banklarining tadbirkorlik yo‘nalishidagi elektron platformalarida (keyingi o‘rinlarda – elektron platformalar) amalga oshirish.

2. 2024-2026 yillar uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

a) “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bo‘yicha:

kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizгa yetkazish;

kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollariгaчa miqdorda resurslar jalb qilish;

300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish;

150 mingta kichik tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini yo‘lga qo‘yish
va kengaytirish;

b) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bo‘yicha:

kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkazish;

150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik sub’ektlariga sotish;

o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari sonini 2,5 baрavaргa oshirish;

300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish.

3. Quyidagilar:

Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibida;

Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.

4. Respublika komissiyasi (Qo‘chqorov) 2023 yil 15 dekabrga qadar:

hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarini;

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni (tarmoq jadvallarini) tasdiqlasin.

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I.I.Norqulov, Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.A.Turdaliyev va o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari zimmasiga aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi yuklansin.

Respublika komissiyasi a’zolari bir oy muddatda o‘zlari biriktirilgan hududda har bir tuman va shaharga chiqqan holda, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil qilsin.

5. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafayev) bir oy muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga jami 300 million AQSH dollari miqdorida, shu jumladan:

75 million AQSH dollari “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning ustav kapitalini oshirishga;

225 million AQSH dollari subordinar qarz sifatida 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada mablag‘lar ajratsin.

6. Belgilansinki:

a) kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish uchun “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning vakillari belgilangan tartibda Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari binolariga joylashtiriladi;

b) Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Qosimov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev) har hafta:

mahallalarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida davlat dasturlarida kichik va o‘rta biznes uchun belgilangan moliyaviy imkoniyatlar to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi;

“Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlarda namunaviy qo‘llanmalar asosida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazib boradi;

salohiyatli tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlab, “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlarga va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning vakillariga ularning loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

7. Belgilab qo‘yilsinki, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish, ularning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida 2024 yil 1 iyuldan boshlab:

kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi;

kredit ta’minotlarini nazorat qilish, garovga olingan mulklarni taqiqdan to‘liq yoki qisman chiqarish hamda almashtirish jarayonlari elektron platformalar orqali markazlashgan holda tashkil qilinadi;

axborot texnologiyalari yordamida mijozlar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritishi, pul oqimlari va boshqa ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmi amaliyotga kiritiladi;

davlat dasturlari doirasida tuman (shahar) va mahallalarga ajratiladigan kreditlar hajmi yuzaga kelgan muammoli kreditlar ulushidan kelib chiqib belgilanadi.

8. 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni (mahsulotlarni) davlat buyurtmachilariga bir moliya yili davomida jami 10 milliard so‘mgacha qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berilsin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xaridlari maxsus axborot portalida alohida sahifa tashkil etsin va uni vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilsin.

9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov):

Markaziy bank (Turdaliyev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Annaqlichev), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) va Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Qosimov), bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat dasturlarida nazarda tutilgan imkoniyatlar va ularda ishtirok etish shartlari to‘g‘risida taqdimot materiallari va videoroliklardan iborat namunaviy qo‘llanmalar tayyorlab, Respublika komissiyasi a’zolari va hududiy komissiyalarga yetkazilishi hamda elektron platformalarda joylashtirilishini ta’minlasin;

manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

             Prezidenti                                                                                                    Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri,

2023 yil 15 noyabr