2023 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha, AQSH va Xitoy o‘rtasida amalga oshirilgan savdo aylanma hajmi 13,1 foizga qisqarib, 161,587 milliard dollarni tashkil etdi. Xitoy bojxona bosh boshqarmasining payshanba kuni e’lon qilgan statistika ma’lumotlarida ushbu raqamlar keltirilmoqda.
Shunday bo‘lsada, Qo‘shma Shtatlar ASEAN va Yevroittifoq bilan bir qatorda Xitoyning eng yirik savdo sheriklari uchligida qolmoqda.
Xitoy bojxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning AQSHga qilgan eksporti yanvar-mart oylarida yillik hisob bo‘yicha 17 foizga tushgan va 115,237 milliard dollarni tashkil etgan. O‘z navbatida, AQSH Xitoyga 46,350 milliard dollarlik tovar olib kirgan. Bu ham o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 1,7 foizga kam.
2022 yil yakunlari bo‘yicha Xitoy bilan AQSH amalga oshirgan savdo-sotiq 0,6 foizga oshgan va jami 759,427 milliard dollarni tashkil etgan.