O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish va jarima yukini kamaytirish, qo‘llanilgan jarimalarni ijro etish tizimini yanada soddalashtirish, shuningdek, davlat organlarining aholi bilan munosabatlarida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni va korrupsion omillarni bartaraf etish maqsadida:

1. 2023 yil 1 мaйдaн boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtirilsin. Unga ko‘ra:

huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 фоизини, o‘ttiz kun ichida 70 фоизини ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinsin;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilsin.

Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

2. Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida, belgilansinki:

Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emas;

Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga faqat O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.

Bosh prokuratura bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

3. Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining sudlanganlik muddatining tugallanishi va uni olib tashlash yo‘nalishida byurokratiya va sansalorlik holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida sohaga proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023 yil 1 сентяbрдaн boshlab:

a) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;

b) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

Ichki ishlar vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar mazkur band ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq barcha zarur choralarni ko‘rsin.

Bunda, jumladan, “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida quyidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda aks ettirilishini ta’minlash yo‘lga qo‘yilsin:

Oliy sud va Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sudda ixtiyoriy to‘langan jarimalar, sud qarorlarini ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish bilan bog‘liq materiallarning ko‘rilishi haqidagi ma’lumotlar;

Majburiy ijro byurosi va Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali undirilgan jarimalar haqidagi ma’lumotlar;

“Probatsiya hisobi” elektron bazasi bilan “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini o‘zaro integratsiya qilish orqali probatsiya hisobidan ozod etilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar.

4. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov, Oliy sud raisi B.D.Islamov hamda Bosh prokuror N.T.Yo‘ldoshev belgilansin.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                           Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2023 yil 23 mart