Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturiga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma amal qilish muddati davomida chet el fuqarolari xorijdan olib kelingan shaxsiy avtotransport vositasini olib chiqib ketish muddatini uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan yig‘imni to‘lashdan ozod etildi.

Shuningdek mazkur hujjat bilan, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatildi.

 

O‘zA