FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Prezident maktabida 25 fevral – “Jo‘xori gurtuk” kunini nishonlash tashabbusi asosida “Júweri-fest” festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchilar o‘z ota-onalari va o‘qituvchilari bilan birgalikda jo‘xori gurtuk xamirini tayyorlash va gurtuk tugish (xamirdan tangacha shaklini yasash) jarayonida ishtirok etdi.
Ta’kidlash joiz, “jo‘xori gurtuk” qoraqalpoq xalq milliy taomi bo‘lib, uning xamiri jo‘xori unidan tayyorlanadi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan qiziqarli taqdimotlar, viktorinalar, musiqiy chiqishlar, milliy sport o‘yinlari va mahorat darslari tashkil etildi.
“Júweri-fest”ning kulminatsion voqeasi sifatida tayyorlangan rekord darajadagi diametri 3,5×2,5 metr o‘lchamdagi laganda suzilgan jo‘xori gurtik taomi ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.
Ushbu taomga 20 ta kurka go‘shti, 35 kilogramm jo‘xori uni va 15 kilogramm bug‘doy uni sarflandi.
Tadbirda bir guruh chet ellik sayyohlar, hamkor tashkilotlar, ota-onalar va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari mehmon bo‘ldi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA