FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 312-maktabda «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning birinchi matbuot kotibi, taniqli jurnalist, kuni kecha 80 yillik yubileyini nishonlagan Irismat Abduxoliqov, Xalqaro YUNESKO mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov ishtirok etdi.

Uchrashuvni  mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Anvarjon Ishoqov olib bordi.

Maktab o‘quvchilari, sportsevar yoshlar, mahalla faollari ishtirok etgan davra suhbati ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida mehmon ijodkorlar o‘z asarlarini maktab kutubxonasiga tuhfa etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA