FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan turnirda Toshkent shahri, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda mezbon vakillardan yuz nafardan ortiq sportchi o‘z vazn toifalarida bellashdi.
Qizg‘in musobaqa yakuniga ko‘ra xorazmlik polvonlar Abror Matyusupov, Og‘abek Ollomboyev, Ruslan Begmatov, Boltaboy Boltayev, buxorolik Odiljon Obidov, Toshkent shahridan Javlonbek Xayrullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Ernazar Sarsenboyev g‘olib bo‘ldi.
G‘olib sportchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA