Italiyaning Kroton shahri janubida kemaning halokati tufayli qurbonlar soni 58 ga yetdi. Bu haqda “TGcom24” telekanali ma’lum qildi.
Qutqaruv xizmatining bildirishicha, jasadlarning aksariyati voqea joyidagi yaqin sohillardan topilgan. Qurbonlar orasida ko‘plab ayollar va bolalar, jumladan, yangi tug‘ilgan chaqoloq ham bor. Voqea joyida politsiya va karabineri, qutqaruvchilar va qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ish olib bormoqda.
“REGNUM” xabariga ko‘ra, 180 dan 250 nafargacha muhojir bo‘lgan kema 26 fevral kuni tongda Italiya materigining janubiy qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchradi.
Halokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Italiya Bosh vaziri Jorji Meloni fojiaga to‘fon paytida bortida 200 kishi bo‘lgan 20 metrlik qayiqni sharoitni hisobga olmasdan suvga tushirgan odam savdosi guruhini aybladi.
O‘zA