Turkiya zilzila paytida binolarning qulashiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 600 dan ortiq kishiga nisbatan tergov ishlari boshladi, deya ma’lum qildi mamlakat Adliya vaziri Bekir Bozdag‘. “Ular orasida qurilish pudratchilari, binolarning sohiblari va menejerlar bor”.

Bozdag‘ning so‘zlariga ko‘ra, 612 gumonlanuvchidan 184 nafari hibsda, sud hukmini kutmoqda.

“Binolardan topilgan dalillar jinoiy ish qo‘zg‘ash uchun asos bo‘layapti”, deyiladi “Anadolu” xabarida.

Fevral oyida ketma-ket sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida 173 ming binoning qulashiga yoki jiddiy zarar ko‘rishiga sabab bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vayron bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi sifatsiz materiallar va g‘ayribunyodkorlik usullaridan foydalanilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan 23 millionga yaqin kishi zarar ko‘rgan. Zilziladan ko‘riladigan zarar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 20 milliard dollardan oshadi, deb baholanmoqda.

O‘zA