Samarqandda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Joriy yil mart oyida Albaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga saralash maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqada bir qator vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan qizlar o‘rtasida 55 kilogramm vaznda o‘tkazilgan bahslarda qashqadaryolik Shahnoza Jabborova dast ko‘tarishda 78, siltab ko‘tarishda 100 va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 178 kilo toshni o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal yana bir qashqadaryolik og‘ir atletikachi Ziyoda Xudoyqulovaga nasib etdi. U dast ko‘tarishda 74, siltab ko‘tarishda 85, ikki kurashda 160 kilo toshni ko‘tarishga erishdi.
Ushbu vaznda bronza medaliga ega chiqqan namanganlik Zarbonu Rahimjonova 61/74/135 ko‘rsatkichni qayd etdi.
Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 55 kilogrammda Miraziz Mirsobirov (Namangan) 94/120/214 ko‘rsatkich bilan oltin, Bobur Yoqubov (Jizzax) 90/105/195 ko‘rsatkich bilan kumush va Navro‘z Mahmudov (Samarqand) 86/103/189 ko‘rsatkich bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasida 61 kilogramm vaznda Azizbek Shomurotov (Xorazm) 103/134/237, Javohir G‘afurov (Samarqand) 102/123/225, Omadbek Sodiqjonov (Namangan) 101/123/225 ko‘rsatkich bilan shohsupadan joy oldi.
Bugun, 24 fevral kuni qizlar o‘rtasida 59 kilogrammda, o‘g‘il bolalar orasida esa 67, 73, va 81 kilo og‘irlikda O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi.
Mamlakat birinchiligi bahslari 27 fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA