13 fevralga o‘tar kechasi, tun davomida Turkiyaning Hatay provinsiyasida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Natijada, o‘zbekistonlik qutqaruvchilar guruhi tomonidan yana ikki nafar inson qulagan binolar ostidan olib chiqildi.
Bu haqda O‘zAga O‘zbekiston FVV Matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston qutqaruv guruhi tomonidan 7 fevraldan bugunga qadar 16 nafar jabrlangan inson tirik holda, 107 nafarining jasadi vayronalar ostidan olib chiqilgan.
O‘zA