O‘sishning katta qismi Osiyo qit’asiga to‘g‘ri keladi, deyiladi Xalqaro energetika agentligi hisobotida, deb yozmoqda Sinxua agentligi.
Agentlikning ta’kidlashicha, energetika inqirozi va anomal ob-havo sharoiti tufayli dunyoning ayrim mintaqalarida elektr energiyaga bo‘lgan talab 2022 yilda 2 foizga kamaygan. Bu pandemiyadan oldingi darajadan ham past. Elektr quvvatlarining qimmatlashuvi ta’sirida Yevropa ittifoqida elektr energiyaga bo‘lgan talab 2022 yilda 3,5 foizga qisqargan. Hindistonda esa o‘tgan yozda iqtisodning qayta tiklanishi va yoz issiq kelishi sharoitida elektr energiyasi iste’moli 8,4 foizga oshgan. AQSHda ham elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2,6 foizga oshgan.
Hisobotda keltirilishicha, jahonning elektr energiyaga bo‘lgan talabi yaqin 3 yilda o‘rtacha yillik ko‘rsatkichda 3 foizga tezlashadi. Shuning 70 foizidan ziyodi Osiyoga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro energetika agentligi ijrochi direktori Fatix Birolning bayonot berishicha, dunyoning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi shubhasiz oshib boradi, biroq elektr energiyasiga bo‘lgan yangi talablarning barchasini qayta tiklanadigan va yadro energetikasi taraqqiyoti ta’minlaydi.