Isroilning “Meto Motion” startapi sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ilk pomidor yig‘ish robotini ishlab chiqdi. Moslama hosilni yig‘ish uchun sarflanadigan mehnat miqdorini, taxminan, 90 foiz, ishlab chiqarish xarajatini 50 foizgacha kamaytirishi mumkin.

Meva va sabzavot terimchilari bilan bog‘liq global tanqislik isroillik kashfiyotchi Adi Nirni dunyodagi birinchi pomidor teradigan robot yasashga undadi. Qurilma 3G sensorli ko‘rish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, o‘simlikni va hosilni xaritaga tushiradi. Ilg‘or ko‘rish tizimi pishgan pomidorni aniqlaydi va manipulyatorni kerakli joyga yo‘naltiradi.

Bir harakatda pomidor shoxlarini kesib, ushlaydi va mevani konveyerga joylashtiradi. Robot hosil yig‘ish uchun issiqxona atrofida harakatlanganda har bir pomidorning holati, miqdori, vazni va hajmi haqida axborot beradi. Ushbu ma’lumotdan foydalanib, yig‘im vaqtini taxmin qilish mumkin.

O‘zA