Turkiyada joriy yil 14 mayda bo‘ladigan prezident va parlament saylovlari mamlakatning janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila oqibatlari tufayli boshqa muddatga qoldirilishi mumkin. Biroq hukumat tepasida turgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) saylovlarni bekor qilish masalasini hozircha muhokama qilgani yo‘q, deyiladi TGRT Haber telekanali saytida berilgan xabarda.
“ATPning mas’ul qo‘mitalari bu borada hech qanday bayonot bermagan. Biroq, ushbu variantni tahlil qilish boshlangan. Boshqa tomondan olib qaraganda, muxolifatdagi Xalq-respublikachilar partiyasi a’zolari orasida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an saylovlarni kamida bir yilga kechiktiradi, degan gap-so‘zlar yuribdi.
“İyi” (“Yaxshi partiya”) partiyasi raisi Meral Akshener o‘zi bilan zilzila bo‘lgan hududlarga birga jo‘nagan reportyorlarga 14 mayda rejalashtirilgan saylovlarni boshqa muddatga ko‘chirishni taklif etganini aytib, lekin bekor qilish mumkin emas”, – degan.
TGRT Haber telekanalining ta’kidlashicha, Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaning 78-moddasiga ko‘ra, saylovlarni keyinga qoldirishga yagona sabab urush holati hisoblanadi.
“78-moddada shunday deyiladi: “Agar urush tufayli saylovlarni o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, parlament ushbu siyosiy tadbirni bir yilga kechiktirish haqida qaror qabul qilishi mumkin”.