Kecha Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha boshlangan yilning ilk reyting turnirida terma jamoamiz a’zosi Muhriddin Tilovov 66 kilogramm vaznda oltin medalga musharraf bo‘ldi. Uning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

Dunyoning 81 ta davlatidan 550 nafarga yaqin mahoratli dzyudochilar ishtirok etayotgan turnirning birinchi kungi bellashuvlari yakuniga ko‘ra, umum jamoa hisobidan 1 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo‘lgan Janubiy Koreya va Qozog‘iston sport jamoalari peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 1 tadan oltinga ega O‘zbekiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya dzyudochilari keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Bugun, 28 yanvar kuni mamlakatimiz vakillaridan Shahram Ahadov,  Obidxon Nomonov,  Muso Sobirov, Hikmatulloh To‘rayev, qizlardan Shohista Nazarova o‘z vaznlarda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Xalqaro turnirning so‘nggi kuni – 29 yanvarda esa yurtimiz dzyuldochilaridan Jahongir , Shermuhammad Jandreyev hamda Irisxon Qurbonboyeva tatamiga chiqadi.


T. Ro‘ziyev, O‘zA