Fotoreportaj

Poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 18 ming AQSH dollari bo‘lgan “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda.

Turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 57 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqaning 6 ta turi ortda qoldi. Uning natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. Peshqadamdan keyingi o‘rinlarni 7  shaxmatchi egallagan. Barchasida bir xil natija: 4,5 ochko. Ular Ortiq Nig‘matov, Saidakbar Saydaliyev, Bobir Sattorov (O‘zbekiston), Azamat Utegaliyev, Ramazon Shalmaxanov, Murtas Kashgaliyev (Qozog‘iston), Mustafaxo‘ja Husenxo‘jayev (Tojikiston). Qizlar orasida 4 ochko bilan Nilufar Yoqubboyeva (O‘zbekiston)  peshqadamlikni saqlab turibdi.

“Markaziy Osiyo kubogi” 24 yanvarga qadar davom etadi.


Muhammad AMIN (surat), O‘zA