FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 18 ming AQSH dollari bo‘lgan “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro shaxmat turniri start oldi. Turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 57 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahsga kirishdi.

Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Baldabayev va Markaziy Osiyo mamlakatlari FIDE 3,4 zonasi prezidenti Husan Turdaliyev ishtirok etdi hamda ishtirokchilarni nufuzli turnir bilan tabrikladi.

Shuningdek, ochilish marosimida mamlakatimizning 5 nafar iqtidorli shaxmatchisiga “Sharja Masters 2023” turnirida ishtirok etish uchun yo‘llanma taqdim etildi.

«Markaziy Osiyo kubogi» turniri 24 yanvarga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA