O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 2 va 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandiga muvofiq hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 79-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I:
1. Kozimdjan Fazilovich Kamilov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylansin.
2. Karomatjon Xudayberganovna Davletova besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
3. Raxat Aminbayevich Ismaylov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
4. Quyidagilar:
Janagul Ismaylovna Balkibayeva besh yil muddatga;
Askarjon Boyisovich Gafurov o‘n yil muddatga;
Abdumannob Kuziyevich Raximov besh yil muddatga;
Akmal Ergashevich Raxmanov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur qarorning 2, 3 va 4-bandlari 2022 yil 24 avgustdan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Raisi T.Narbayeva
Toshkent shahri,
2022 yil 10 avgust