Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun — 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2021 yilgi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobot berar ekan, ijtimoiy soha xarajatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Vazirning qayd etishicha, 2021 yilda koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida vaksinatsiya ishlari uchun davlat byudjetidan 224 million dollar mablag‘ ajratilgan.

Bundan tashqari, vazir aholini uy-joy bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarga ham to‘xtalib, o‘tgan yilda 14 ming 670 ta xonadon o‘z egalariga topshirilganini ta’kidladi. 6 ming fuqaroga 1,1 trillion so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilganini qayd etdi.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA