Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Buxoro gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlovchi, “Hunarmandlar uyushmasi” a’zosi Gulchehra Saparniyazova o‘zi istiqomat qiladigan hududdagi “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga qo‘y yungidan paypoq to‘qishni o‘rgatmoqda.

Hunarmand G.Saparniyazovaning ta’kidlashicha, kuz-qish mavsumida bu mahsulotga zarurat ortadi. U tumandagi bayram tadbirlarida doimo o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Tumandagi ishsiz xotin-qizlarga kigiz bosish hamda paypoq to‘qishni o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlashda Mo‘ynoq tumani prokuraturasi ham homiylik qilmoqda.

Ye.Qanoatov, O‘zA