Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga berilgan ma’lumotga ko‘ra, Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi uch bosh jayronni saqlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, aytilgan manzil bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, nazorat inspeksiya bilan birgalikda vaziyat o‘rganildi.

Haqiqatdan ham mazkur manzilda sut emizuvchilar turiga kiruvchi uch bosh jayron borligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi uch bosh jayronni parvarish qilayotgan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” gi qonuni 38-moddasida ko‘rsatilgan yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish, yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga ko‘chirishga, fauna uchun yangi bo‘lgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirishga, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini o‘tkazishga davlat ekologik ekspertizasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ilmiy va xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi.

Yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlangani bo‘yicha tushintiruv ishlari olib borildi. Ushbu uch bosh jayron Davlat ekologiya qo‘mitasining Quyi Amudaryo davlat Biorezervatining “Nazarxan“ ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan volerda vaqtincha saqlash uchun olib borildi.

O‘zA