“Huquqiy axborot” telegram kanalida joriy yilning 17 yanvarida Prezidentimizning “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilingan. Qarorga muvofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi.

Shuningdek qarorga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha,  O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi. Rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.

 

O‘zA