Bugun mamlakatimizga 310 ming 50 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Bu 2022 yilda keltirilgan ikkinchi partiya vaksina bo‘ldi.

O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori qariyb 50 million dozaga yetdi. Shunday qilib, mamlakatimizda foydalanilayotgan preparatlar miqdori 49 million 846 ming 818 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
2 million 404 ming 480 dozasi AstraZeneca;
37 million 789 ming 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 million 341 ming 790 dozasi “Sputnik V”;
3 million 500 ming 460 dozasi Moderna;
2 million 626 ming 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 million 976 ming dozasi Sinovac;

207 ming 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir. Shundan qariyb 40,6 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati.