Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti tayyorlanib, e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yildi. Ilk daydjestda 2022 yil 10 – 15 yanvar kunlari amalga oshirilgan ishlar o‘rin oldi.

11 yanvar – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Huquqiy axborot tarqatish zamonaviy bosqichda” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

13 yanvar – “Yuridik sohada muvaffaqiyat sirlari” mavzuida Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor, xalqaro arbitr va mediator Islambek Rustambekov bilan ovozli chat tashkil etildi.

14 yanvar – Adliya tizimi xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

“Kooperatsiyalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash: Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Adliya: shonli 30 yil

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya madhiyasi yaratildi.

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasining 30 yilligi munosabati bilan xorijiy hamkorlarimizdan video tabriklar kelib tushishi davom etmoqda.

Shu jumladan, Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Abdusalomov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi direktori Yorg Pudelka, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum qutladi.

Qonunchilikdagi yangiliklar 

Hukumat qaroriga muvofiq X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

Hududiy adliya organlari faoliyatidan Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan fermerlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Toshloq tumani adliya bo‘limi fuqaroning 25 yillik muammosini hal etdi.

Dildora Hayitova: Xatirchi tumani adliya bo‘limi xodimlari uyimni ham hal etib berishgan, ishga ham joylashdim.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Karlar jamiyatining Namangan viloyati bo‘limi hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga olindi.

“Gender tengligining asoslari va ta’limda gender yondashuvini qo‘llash” mavzuida Toshkent viloyati yuridik texnikum o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda o‘quv kurslari tashkil etildi.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va O‘zNNTMA hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining yillik hisobotini topshirish tartibi va muddatlar” mavzuida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Shahrixon tumani adliya bo‘limi fuqaroni muammosi hal etib, ishga tiklanishiga ko‘maklashdi. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

 

O‘zA