Joriy yil 17 yanvar 14:00 holatiga ko‘ra, tibbiyot sohasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ochiq muloqot” doirasida 12 ming 2 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning 6  839 tasi tibbiyot xodimlaridan,  5  163 tasi fuqarolardan yo‘llangan. Ularning 5  592 tasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan takliflardan iborat. 3 045 tasida sog‘liqni saqlash tizimiga e’tiroz bildirilgan bo‘lsa, 3 365 tasida  individul masalalar ko‘tarilgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha qarasak, murojaatlarning  4  424 tasi birlamchi tibbiy yordamga, 693 tasi ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati hamda 359 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga oid.

Mas’ullarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga muntazam ravishda yuborilmoqda va ijorosi ta’minlanmoqda.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA