Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Ushbu majmua O‘zbekistonda yangi sanoat davrining ifodasi, deb baholanmoqda. Yangi zavodda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi.

Tashrif chog‘ida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasiga ham tamal toshi qo‘yiladi.