O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining Birinchi xonimi Kim Chen Suk Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.

Markaz nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatga qo‘shilishiga reabilitatsiya, tadqiqot va ta’lim yo‘li bilan yordam beradi.

Mehmonlar markazning ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar. Innovatsion texnologiyalar, laboratoriya faoliyati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zamonaviy yordamchi vositalarni ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.

O‘zA