O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2021 yil 15 dekabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi.

Yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida 15-16 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlis “O‘zbekiston” va “UzReport” telekanallari hamda Senatning “YouTube”dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi.