Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolaynni qabul qildi.

Uchrashuvda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mehmonlarni Orolbo‘yiga tashrifi bilan qutlab, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida eng avvalo inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, manfaatlarini ta’minlash, aholining fikr va dardlarini tinglash, muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida BMTning maxsus ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolayn O‘zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ayniqsa, yo‘ldan adashgan, xorijiy davlatlarda huquqlari buzilgan insonlarni, bunda birinchi navbatda xotin-qizlar va bolalarni Vatanga qaytarish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Qabulda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA